Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergelida harakatlanayotgan metro poyezdida qisqa tutashuv sodir bo‘ldi

Sergelida harakatlanayotgan metro poyezdida qisqa tutashuv sodir bo‘ldi

Skrinshot.

Toshkentda harakatlanib ketayotgan metro poyezdida qisqa tutashuv bo‘lgani videosi tarqaldi. 

Metropoliten matbuot xizmatiga ko‘ra, 16 iyun kuni soat 20:05 lar atrofida «Er usti halqa yo‘li» yo‘nalishining 6 va 7 bekatlari oralig‘ida joylashgan yo‘l chetidagi to‘sin tunkasining bir qismi kuchli shamol sababli o‘z o‘rnidan ko‘chishi natijasida harakatlanib kelayotgan harakat tarkibining tok qabul qilish moslamasiga tekkan.

Natijada esa qisqa tutashuv sodir bo‘lgan.

Shundan so‘ng, mashinist harakat tarkibini to‘xtatib, harakatlanishga xavf soladigan holatlar yo‘qligini tekshirib, o‘z o‘nalishida harakatni davom ettirgan.

Metropoliten mas’ul xodimlar holat yuzasidan joyiga borib o‘rganish ishlarini olib borishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring