Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yetkazilgan zarar qoplanadi – Veolia Energy Tashkent

Yetkazilgan zarar qoplanadi – Veolia Energy Tashkent

Toshkent shahridagi issiqlik ta’minoti operatori Veolia Energy Tashkent bugungi texnogen hodisa haqida rasmiy munosabat bildirib, yetkazilgan zararlar qoplanishini ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2025–2026 yillar isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida belgilangan jadvalga muvofiq, 2025-yil 10-iyul kuni soat 10:40 da TC-10 qozonxonasi hududida, M 0-16 va M 0-17 issiqlik kamerasi oralig‘ida, Olmazor tumanidagi Farobiy va Shifokorlar ko‘chalari kesishmasida joylashgan issiqlik tarmog‘i uchastkasida 16 at bosimdagi mexanik mustahkamlik sinovlari o‘tkazilgan. Sinovlar davomida 12,6 at bosimda diametri 800 mm bo‘lgan trubada yuqoridagi holat kuzatilgan.

Ushbu issiqlik tarmog‘i uchastkasi 1989-yilda ekspluatatsiyaga topshirilgan.

Kompaniya hodisa natijasida jabrlanganlar yo‘qligini (poytaxt FVB 3 kishining yengil tan jarohati olganini yozgandi), yaqin atrofdagi do‘konlarga moddiy zarar yetganini va yetkazilgan zarar qoplanishini bildirdi.

«Avariya yuz bergan uchastka tezkorlik bilan lokallashtirildi hamda iste’molchilarni issiq suv bilan ta’minlash to‘xtatilmadi. Qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq taqdim etiladi», – deyiladi kompaniya munosabatida. 

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring