Farg‘ona: 4,5 million so‘mlik «tilla»ning «misi chiqdi»
Farg‘ona viloyatida yashovchi A.Ch. ismli ayol 10-may kuni IIBga murojaat qildi. Unda 2021-yilning aprel oyida noma’lum ayol ishonchiga kirib, sariq rangli metaldan ishlangan taqinchoqni tilladan tayyorlanganligini va 4.500.000 so‘m evaziga sotishini aytib, aldov yo‘li bilan 4.500.000 so‘m miqdoridagi pullarni qo‘lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.N. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter