Farg‘ona va Buxoro aeroportlarida qator reyslar kechiktirildi
![Farg‘ona va Buxoro aeroportlarida qator reyslar kechiktirildi](http://static.xabar.uz/crop/2/3/720_460_95_2383052057.jpg)
Quyuq tuman sabab Farg‘ona va Buxoro aeroportlarida bir qator reyslar kechiktirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports axborot xizmati xabar berdi.
Farg‘ona aeroportidagi quyuq tuman tufayli — ko‘rish masofasi 50 metr atrofida bo‘lib, Ural Airlines aviakompaniyasining Moskvadan uchib kelgan SVR-8317 reysi aeroportga qo‘na olmagan va soat 07:32 da Namangandagi zaxira aerodromiga yo‘naltirilgan.
227 nafar yo‘lovchi Namangandan Farg‘onada yer usti transportida olib kelingan.
Ob-havo sharoitining noqulayligi sabab Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent—Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha uchishi kerak bo‘lgan reysi kechiktirildi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter