Farg‘onada 18 yoshli qiz atraksiondan yiqildi
![Farg‘onada 18 yoshli qiz atraksiondan yiqildi](http://static.xabar.uz/crop/3/9/720_460_95_3954996198.jpg)
2005 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan N.O ismli qiz 2023 yil 23 mart kuni Rishton tuman markaziy istirohat bog‘idagi «Qaroqchilar kemasi» nomli atraksionda uchayotib, ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan.
Qiz tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasining qabul bo‘limiga olib borilgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida Rishton tumani IIB tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan va N.O.ning olgan tan jarohati bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Hodisa sabablarini aniqlash, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilingan yoki qilinmaganligini aniqlash yuzasidan Bandlik boshqarmasiga tegishli hujjatlar taqdim etilgan.
Hozirgi kunda voyaga yetmagan N.O Bag‘dod tuman tibbiyot birlashmasida shifokorlarning nazoratida davolanmoqda va ahvoli yaxshilanyapti.
Holat yuzasidan Rishton tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter