Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada avtoturargoh va avtobus yonib ketdi

Farg‘onada avtoturargoh va avtobus yonib ketdi

Illyustrativ foto.

Foto: «xs.uz»

31-may kuni Farg‘ona shahrining Guliston ko‘chasida avtoturargohda yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi, deb yozadi «xs.uz» nashri.

Qayd qilinishicha, yong‘in oqibatida avtoturargohning tom qismi va «Isuzu» rusumli avtobus yonib zarar ko‘rgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Jarohat olganlar yo‘q. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring