Farg‘onada o‘zini yoqib yuborgan neft zavodi ishchisi shifoxonada vafot etdi

Joriy yilning 2-avgust kuni Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi binosining kirish qismida o‘ziga benzin sepib, yoqib yuborgan 47 yoshli ayol – Sanobar Haydarova shifoxonada vafot etdi.
«Daryo»ning manbasiga ko‘ra, ayol bugun, 10-avgust kuni soat 07:05 da Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialida vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, uning o‘z joniga qasd qilishiga, ishdan bo‘shatilgani sabab ekanligi aytilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, u oilada yolg‘iz boquvchi bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘i ishsiz, 4 nafar farzandi bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilayotgani aytilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas