Farg‘onadagi bog‘chalarda bolalar kasallandi: tafsilotlar
Farg‘ona shahridagi 2-soni, 7-soni va 47-soni MTT tarbiyalanuvchilari tana haroratining ko‘tarilishi, qorin sohasida og‘riq, holsizlik, ko‘ngil aynishi va ich ketishi kabi shikoyatlar bilan Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan. Mazkur ma’lumotni Oziq-ovqat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tasdiqladi.
Dastlabki epidemiologik surishtiruvlar uchun MTTlarda bolalar iste’mol qilgan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar o‘rganildi. Jumladan, nonushta, tushlik, kechki tamaddida iste’mol qilgan mahsulotlari, ushbu mahsulotlarni yetkazib beruvchilar aniqlangan.
Oziq-ovqat mahsulotlari hamda tayyor taomlardan bakteriologik tekshiruvlar uchun namunalar olingan.
Ayni vaqtda epidemiologik surishtiruv va laboratoriya tekshiruvlari davom etmoqda.
2026-yil 26-oktyabr soat 11:00 holatiga 28 nafar bola yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Bemorlarning umumiy ahvoli barqaror, og‘ir ahvoldagi bemorlar mavjud emas.
Murojaat qilgan 23 nafar bolaning umumiy ahvoli qoniqarli deb baholanganligi sababli ularga tegishli tibbiy tavsiyalar berilib, uy sharoitida davolanish uchun ruxsat etilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter