Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farzandini 15 ming dollarga sotayotgan ona qamoqqa olindi

Farzandini 15 ming dollarga sotayotgan ona qamoqqa olindi

Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda DXX xodimlari hamkorligida Guliston shahri hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda 1996-yilda tug‘ilgan, Guliston shahrida yashab kelayotgan fuqaro O.U o‘zining 2021-yil 3-iyun kuni tug‘ilgan farzandi O.Shni o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligini va ojiz axvoldaligini bila turib, «xaridor» fuqaro M.G ga 15.000 (o‘n besh ming) AQSh dollari evaziga sotgan vaqtda ushlangan va undan kimyoviy ishlov berilgan pullar daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan O.Uga nisbatan JKning 135-moddasi, 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring