Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fermer xo‘jaligi binosida uch nafar fuqaroning jasadi topildi

Fermer xo‘jaligi binosida uch nafar fuqaroning jasadi topildi

Foto: Xabar.uz

Andijon viloyatining Asaka tumanidagi fermer xo‘jaligida uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar berdi.

Viloyat FVB ma’lumotiga ko‘ra, 14-fevral kuni soat 10:30 da Asaka tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga tumandagi «Asaka zotli chorva» fermer xo‘jaligi binosida uch nafar fuqaro jasadi topilgani xabar berilgan.

Shuningdek, 2022-yilning 12-fevral kuni soat 13:30 da Xo‘jaobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismiga tumandagi «Mustaqillikning 27 yilligi» mahallasi hududida joylashgan bog‘dagi dala hovlida ayol kishi is gazidan zaharlanib, vafot etgani xabar qilingan.

Ushbu hodisalar yuzasidan tergovoldi jarayonlari o‘tkazilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring