Fermer xo‘jaligi rahbarining firibgarligi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda «A.Sh.» fermer xo‘jaligi rahbari Sh.Q. fuqaro O.Q. tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurib olingan savdo do‘koniga go‘yoki tuman kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 2 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, Sh.Q. tomonidan 300 AQSh dollarini qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter