Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tez yordam mashinasi «Tracker» bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketdi

Tez yordam mashinasi «Tracker» bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketdi

Foto: Yo‘l harakati xavfsizlik xizmati

26-dekabr kuni soat 02:20 larda Shayxontohur tumani Sebzor ko‘chasida 1963-yilda tug‘ilgan haydovchi N.A. «Ford» rusumli tez tibbiy yordam avtomobilida harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan.

So‘ngra yo‘l chetida to‘xtab turgan «Tracker» rusumli transport vositasiga to‘qnashgan va «Ford» avtomobili ag‘darilgan.

YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring