FVV Gulistondagi yong‘in tafsilotlari bo‘yicha ma’lumot berdi
![FVV Gulistondagi yong‘in tafsilotlari bo‘yicha ma’lumot berdi](http://static.xabar.uz/crop/2/8/720_460_95_2887555318.jpg)
Hodisa bugun, soat 17:55 da Sirdaryo viloyatining Guliston shahri «Taraqqiyot» MFY A.Navoiy ko‘chasida joylashgan qassobxonada yuzaga kelgan.
Yong‘in oqibatida mazkur maskan ichidagi 1 dona muzlatgich va savdo stoli, jami 12 kv.m. maydoniga zarar yetgan.
Voqea joyiga zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan. Yong‘in soat 18:02 da o‘rab olinib, 18:05 da batamom o‘chirilgan.
Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida qassobxonaning 15 kv.m. maydoni saqlab qolingan.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter