Toshkentdagi «Milliy bog‘»da yong‘in yuz berdi

Toshkentdagi «Milliy bog‘»da yong‘in sodir bo‘ldi. FVVga ko‘ra, hodisa bog‘ning orqa qismida bo‘lgan.
15-iyun kuni soat 20:58 da Toshkent shahrida joylashgan «Milliy bog‘» hududining orqa qismida quruq o‘t yonayotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan, deyiladi xabarda.
Zudlik bilan voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Avvalroq Andijonda aholi uyi yongani xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter