Gonkongda turarjoy binosidagi yong‘in oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi
Gonkongda turarjoy binosida kelib chiqqan yong‘in natijasida kamida yetti kishi halok bo‘ldi, yana 17 kishi jarohatlandi, deb yozadi «South China Morning Post» gazetasi.
Xabarlarga ko‘ra, yong‘in mahalliy vaqt bilan yakshanba kuni oqshom boshlangan. Yong‘in binoning pastki qavatlariga tarqalgandan so‘ng to‘rt nafar erkak va uch nafar ayol hayotdan ko‘z yumdi.
Gazetaning ma’lum qilishicha, kamida 17 kishi shifoxonaga yotqizilgan.
O‘t o‘chiruvchilar bir yarim soatda yong‘inni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter