Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulistondagi portlashda 30 ga yaqin kishi jabrlangan. SSV rasmiy ma’lumot berdi

Gulistondagi portlashda 30 ga yaqin kishi jabrlangan. SSV rasmiy ma’lumot berdi

SSVning ma’lum qilishicha, Gulistondagi hodisa oqibatida 29 nafar fuqaro turli darajadagi kuyish va tan jarohatlari olgan.  Shundan 26 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filialiga yotqizilgan, 3 nafarining ahvoli qoniqarli bo‘lgani bois ambulator yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.

O‘ta og‘ir qabul qilingan bemorlardan 3 nafari vafot etgan. Hozirgi paytda shifoxonaga yotqizilgan 1 nafar bemorning ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lib, u  sun’iy nafas olish apparatida. Reanimatsiyadagi mavjud bemorlarning 5 nafari mo‘’tadil og‘ir, nafasi mustaqil, hushida.

Ayni paytda qabul qilingan bemorlardan ikki nafari homiladorligi sababli Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filialiga ko‘chirilgan. Ularning ahvoli qoniqarli. Qolgan 15 nafar bemorning ham  ahvoli qoniqarli bo‘lib, ular tegishli bo‘limlarda muolaja olmoqda.

«Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori Davron To‘laganov boshchiligidagi kombustiolog, reanimatolog, neyroxirurg, qo‘shma jarrohlar xirurgi, travmatolog va mikroxirurglardan iborat malakali mutaxassislar shu kunning o‘zida voqea joyiga yetib borib, bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.

Shifoxonada bemorlar uchun zarur bo‘lgan barcha dori-darmonlar mavjud. Ularga tegishli standartlar asosida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi har bir bemor salomatligini o‘z nazoratiga olgan», – deyiladi vazirlik xabarida. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring