G‘uzor tumanida yoshlar yetakchisi o‘zini osib qo‘ydi
Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida 37 yoshli erkak o‘zini osib qo‘yganligi haqida tarqalgan xabarga Bosh prokuror matbuot kotibi aniqlik kiritdi.
Aytilishicha, G‘uzor tumani, Sovbog‘ qishlog‘ida yashagan, 1985-yilda tug‘ilgan erkak (oilali, 3 nafar farzandi bor, mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi bo‘lib ishlagan) qo‘shnisining yashamaydigan xonadonida 13-aprel kuni o‘zini-o‘zi osib vafot etgan.
Tekshirish davomida marhum oxirgi vaqtlarda ko‘p spirtli ichimlik iste’mol qilishi oqibatida ruhiyatida o‘zgarish bo‘lganligi aniqlangan.
Marhumning o‘lim sababiga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Holat bo‘yicha G‘uzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakati olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter