G‘uzorda bir oylik chaqalog‘ini 4 million so‘mga sotayotgan fuqaro qo‘lga olindi
2019-yil 22-aprel kuni Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida muqaddam sudlangan X.U. 2019-yil 17-mart kuni tug‘ilgan o‘g‘lini N.N. ismli ayolga 4 mln. so‘mga sotib, kelishilgan pulning 1 mln. so‘mini olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bergan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Aprel oyida dastlab Yangiyo‘lda, so‘ngra Shahrisabzda ham shunday voqealar kuzatilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter