Havodan pul qilish «san’ati». Yoki 15 000 AQSh dollari nasib qilmadi

Qalovini topsang qor yonadi, degan gap bor. Biroq bu birovning burniga ustun qo‘yib, «soqqasini ol» deganimas-da. Qolaversa, birovning haqi kimga buyuribdi, deysiz?!
«Aqlli gaplar»dan muddaoga o‘tsak, «Hazorasp universal savdo kompleksi» AJ huquqshunosi A.R. qorni yondirib, havoda pul qilmoqchi bo‘lgan chog‘i... U jamiyat hududida yangi savdo kompleksi qurilajagi haqida yolg‘onlariga xususiy tadbirkor T. N. laqqa ishonganidan foydalanib, unga yaxshilik qo‘lini cho‘zadi, go‘yo. Ya’nikim, qurilajak kompleksdan 5 ta savdo do‘kon va’da qiladi va har bir do‘kon uchun 3 ming AQSh dollari miqdorida «shapka» so‘raydi. Biroq ishi nainki o‘xshamadi, balki ayanchli yakun topdi: u beshta do‘kon ustidan jami 15 000 AQSh dollari olgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ushlandi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter