Hokimlik mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi «Navoiy viloyatining olis cho‘l tumanlarida aholini turmush darajasini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-2925-sonli qarori talablarining ijrosi bo‘yicha viloyatning Uchquduq tumanida o‘rganish o‘tkazildi. Qarorda olis cho‘l hududida kamida uch yildan ortiq yashagan shaxslar oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida qabul qilinishi belgilangan.
O‘rganishlar mobaynida esa Uchquduq tuman hokimining sobiq o‘rinbosari va boshqalar cho‘l hududida joylashgan «Yo‘lchilar», «Ko‘kpatas» va «Ko‘kayaz» MFYlarida uch yil davomida yashamagan 33 nafar shaxsga ularning ushbu muddatda qayd etilgan mahallalarda yashaganligi to‘g‘risida soxta dalolatnomalar rasmiylashtirib berib, shundan 25 nafarini oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga kirishiga sababchi bo‘lganligi aniqlangan.
Natijada ushbu talabalarning grant asosida o‘qishi uchun amalda 650 million so‘m budjet mablag‘larining sarflanishiga sababchi bo‘lib, davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar hamda prokuratura idoralari o‘tkazgan qo‘shimcha o‘rganishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturaci tomonidan Uchquduq tuman hokimligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter