Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hovlimizdagi yer qa’rida g‘alati hodisa bo‘lmoqda»

«Hovlimizdagi yer qa’rida g‘alati hodisa bo‘lmoqda»

Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayevga Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani, Yangiqo‘rg‘on MFYdan murojaat kelib tushgan.

«Bizni yashab turgan hovlimizdagi yer qa’rida g‘alati hodisa bo‘lmoqda. Yer qa’rida nimadir silkinadi. Murojaat qilmagan tashkilot qolmadi. Uylarimiz devorlari yorilib ketdi», deyiladi murojaatda.

Qayd etilishicha, bu holat 2020 yildan beri bo‘ladi. Tuman hokimligi, viloyat mutasaddilari kelib ketganiga bir yil bo‘lgan. Javob esa yo‘q.

«Keyin o‘zimiz Seysmologiya institutiga qo‘ng‘iroq qildik. Ular keldi va bir uskuna qo‘ydi, yer qa’rida nimadir borligini aytishdi. Bunga ham bir yil bo‘ldi.

Yaqinda yana yer silkinishi yana boshlandi. Seysmologiya institutiga yana qo‘ng‘iroq qildik. Ular keng qamrovli tekshirish kerak deyishdi. Lekin tuman rahbarlari bu bo‘yicha harakat qilishmayapti. Shu masalada yordam so‘raymiz», deydi murojaatchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring