Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorodan o‘quvchilarni olib qaytayotgan avtobus YTHga uchrab, yonib ketdi

Buxorodan o‘quvchilarni olib qaytayotgan avtobus YTHga uchrab, yonib ketdi

Bugun, 29-aprel kuni tungi soat 02:00 larda O‘rta Chirchiq tumani hududidan o‘tuvchi 4R20 avtomobil yo‘lining 6-kilometrida Buxoro shahridan ziyoratdan qaytayotgan, salonida 53 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan «Mersedes» rusumli avtobusning baloni yorilib ketgan. Natijada avtobus boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa borib urilib yonboshlagan va yonishni boshlagan, yo‘lovchilar zudlik bilan evakuatsiya qilingan.Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Barcha yo‘lovchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan, 7 nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohati bilan — 2 nafari O‘rta Chirchiq tumani shifoxonasiga, 5 nafari Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirilgan.

Ushbu avtobusda Toshkent viloyati Parkent tumani 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 37 nafar o‘quvchisi, 3 nafar o‘qituvchisi, 10 nafar ota-ona hamda 3 nafar haydovchi bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring