Ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan mikroavtobus Rossiyada avariyaga uchradi. Qurbonlar soni ko‘p
11 yanvar, payshanbaga o‘tar kechasi Nijnelomovskiy tumanida sodir bo‘lgan YTHda sakkiz kishi halok bo‘ldi.
Qayt etilishicha, mikroavtobus qarshisidan kelayotgan Volvo yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Barcha halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar mikroavtobusda ketayotgan edi.
Nijnelomovskiy tumanlararo prokurori Andrey Yarosh ma’lum qilishicha, mikroavtobusda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.
YTH oqibatida sakkiz kishi, jumladan mikroavtobus haydovchisi halok bo‘lgan, bir yo‘lovchi og‘ir ahvolda shifoxonada qolmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter