Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIB jaziramada shiyponga tashlab ketilgan chaqaloqning yaqinlarini qidirmoqda

IIB jaziramada shiyponga tashlab ketilgan chaqaloqning yaqinlarini qidirmoqda

Foto: Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi

Buxoro viloyati IIB G‘ijduvon tumanidagi shiyponga tashlab ketilgan chaqaloqning yaqinlarini qidirmoqda. 

Ushbu shaxsi noma’lum chaqaloqning alohida belgilari: Osiyo millatiga mansub, jinsi ayol, ko‘zi, qoshi va sochlari qora rangda, tanasining rangi qorachadan kelgan, tishlari hali rivojlanmagan, yoshi taxminan 8-11 oylik.

«Ushbu chaqaloqni, uning yaqin qarindoshlarini tanigan yoki biror bir ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishlarini so‘rab qolamiz:

102-avtomatlashtirilgan tizimiga;

+998655723902
+998900073323

Bu haqda xabar bergan fuqarolar rag‘batlantiriladi», deyiladi IIB xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 22-iyul kuni soat 16:07 da viloyat IIBning 102 avtomatlashtirilgan tizimiga G‘ijduvon tumani «Ko‘lijabbor» MFY Ko‘hna Nayman qishlog‘ida joylashgan «Shukur To‘xta» fermer xo‘jaligining dala maydoni yoqasidagi (kapa) shiyponda shaxsi aniq bo‘lmagan taxminan 9 oylik bola topib olinib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgani haqida xabar kelib tushgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring