Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIB va DXX ikki ayolni fohishalikka jo‘natayotgan shaxsni ushladi

IIB va DXX ikki ayolni fohishalikka jo‘natayotgan shaxsni ushladi

24-dekabr kuni Sirdaryo viloyati IIB hamda DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida 1978-yilda tug‘ilgan fuqaro I.S o‘zining tanishlari bo‘lgan 1984-yilda tug‘ilgan K.M hamda 1994-yilda tug‘ilgan Q.Dlarini Turkiya davlatiga fohishalik bilan shug‘ullanishga olib ketayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 135 moddasi 2- qismi “b,ye” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring