Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxt IIBB bedarak yo‘qolgan uch shaxsni qidiruvga berdi

Poytaxt IIBB bedarak yo‘qolgan uch shaxsni qidiruvga berdi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar bedarak yo‘qolgan uch kishi ma’lumotlarini e’lon qildi. 

2003-yilda tug‘ilgan Ubaydullayev Abdulloh Jamshid o‘g‘li, 2022yilning 23 aprel kuni Yashnobod tumani, Tuzel-2 dahasidagi uyidan chiqib ketib qaytib kelmagan.

Belgilari: bo‘yi 180-185 sm, gavdasi o‘rtacha, sochi va ko‘zlari qora.

Egnida: oq futbolka, qora rangli sport kiyimi va oq krossovka bo‘lgan.

1966 yilda tug‘ilgan Glushkov Valeriy Petrovich, 2022 yilning 13 may kuni Uchtepa tumani, 25-dahadagi uyidan chiqib ketib qaytib kelmagan.

Belgilari: bo‘yi 165 sm, gavdasi o‘rtacha, ko‘zlari moviy, sochlari oq va siyrak. Chap qo‘lida «yulduz» shakli aks etgan tatuirovkasi mavjud. Peshona qismida chandig‘i mavjud.

Egnida: jigarrang futbolka va kostyum, kulrang triko va qora rangli shippak bo‘lgan.

1963 yilda tug‘ilgan Irgasheva Ilmira Miftaxudinovna, joriy yilning 8 iyun kuni Yashnobod tumani, Shohimardon ko‘chasidagi uyidan chiqib ketib qaytib kelmagan.

Belgilari: bo‘yi 170-175 sm, ko‘zlari jigarrang, sochilari qora.

Egnida: to‘q yashil ko‘ylak, qora rangli oyoq kiyimida bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring