Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIBB internetda tarqalgan «Olmazordagi janjal» yuzasidan tushuntirish berdi

IIBB internetda tarqalgan «Olmazordagi janjal» yuzasidan tushuntirish berdi

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumanidagi do‘konlardan birining oldida janjal aks etgan videotasvir tarqaldi.

Poytaxt IIBB izohiga ko‘ra,  10-iyul kuni Olmazor tumanidagi avtobus bekatida joylashgan do‘konning oldida noma’lum shaxslar hech bir sababsiz 1995-y.t. Q.Baxodirni urib tan jarohati yetkazishgan. Natijada Q.Baxodir olgan tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur jinoyatga aloqador shaxslarning shaxsi tezkorlik bilan aniqlandi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari «Bezorilik, bir guruh shaxslar tomonidan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish») bilan R.Sardorbek va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring