Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV binosi yaqinida yong‘in chiqdi

IIV binosi yaqinida yong‘in chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining «Kosmonavtlar» bekati yaqinida yong‘in chiqqani haqida lavhalar tarqaldi.

FVV xabariga ko‘ra, bugun, 10 iyun kuni soat 08:10 da Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Afrosiyob va Sh.Rashidov ko‘chalari kesishmasi oldida joylashgan yer osti tunnelida elektr simlarini tutashi kuzatildi.

Voqea joyiga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 08:15 da yetib borib, soat 09:08 da qurshab olingan va hodisa soat 09:15 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.

Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri yetib borgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring