IIV Quvasoydagi noxush YTH haqida xabar berdi

Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida 29-iyul kuni fuqaro A.S. «Spark» rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, qatnov qismini velosipedda kesib o‘tayotgan T.X.ni urib yuborgan.
Oqibatda velosipedchi T.X tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter