Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki ayol sud raisi qabulida baqir-chaqir qildi

Ikki ayol sud raisi qabulida baqir-chaqir qildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi raisining qabuliga kelib, raisga shart qo‘ygan ikki ayolga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida videokonferensaloqa vositasida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risdagi kodeksning 183-modda (mayda bezorilik) da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan Sh. K. (1969 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) va M. A. (1996 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) ga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi. 

Ish hujjatlariga ko‘ra, M. A. hamda Sh. K. fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi raisining qabuliga kelib, oldindan o‘zlari tomonidan kiritilgan xususiy ajrim bilan bog‘liq masalani hal qilib berish vaji ostida, baland ovozda baqir-chaqir qilgan. Mazkur arizani ish hujjatlaridan tortib olib, ko‘chmas mulkka nisbatan qo‘yilgan ta’qiqni tezda olib tashlashni, aks holda xonadan chiqmasliklarini aytib, jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzganligi yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

E’lon qilingan sud qaroriga ko‘ra, M. A. va Sh. K. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risdagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan xuquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risdagi kodeksning 33-moddasini qo‘llab, har biriga bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravari miqdorida jarima jazosi tayinlanib, davlat foydasiga undirilishi belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring