Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki ho‘kizni «Damas»ga sig‘dirgan o‘g‘rilar ushlandi

Ikki ho‘kizni «Damas»ga sig‘dirgan o‘g‘rilar ushlandi

Foto: Tergov departamenti

2022 yil 20 aprel kuni Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani Saroy qishlog‘ida yashovchi 29 yoshli B.M. va 31 yoshli S.A. Kitob tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qiladi.

Unda qayd etilishicha, joriy yilning 18 aprel kuniga o‘tar kechasi Saroy qishlog‘i hududida joylashgan katta yo‘l yoqasiga bog‘lab qo‘yilgan 2 bosh qoramollarini noma’lum shaxslar o‘g‘irlab ketgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni 20 yoshli S.Z. o‘zining jinoiy sheriklari — 20 yoshli M.S., I.S. va 22 yoshli J.J.lar bilan oldindan jinoiy til biriktirgan holda amalga oshirgani aniqlangan.

Ular 2022 yil 18 aprel kuniga o‘tar kechasi Kitob tumani Saroy qishlog‘i hududida joylashgan katta yo‘l yoqasiga jinoiy sherigi J.S.ning otasi nomida bo‘lgan «Damas»rusumli avtomashina bilan o‘g‘rilik sodir qilish uchun borishib, o‘sha yerga bog‘lab qo‘yilgan 2 bosh ho‘kizni avtomashinaning orqa saloniga ortib, hodisa joyidan yashirinishgan.

Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 3-qismi «a» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular gumon qilinuvchilar protsessual tartibida ushlanganlar.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring