Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki viloyatda elektr korxonasi xodimlari qo‘lga olindi

Ikki viloyatda elektr korxonasi xodimlari qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Yangiyo‘l tuman ETK texnigi O.T. va elektr ta’minoti guruh elektromontyori A.B. «M.U.» fermer xo‘jaligi rahbari A.U.ning ishonchiga kirib, fermer xo‘jaligi suv nasosini elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanganligi holati yuzasidan tuzilgan dalolatnomani 12 mln so‘m evaziga yo‘q qilib berishni va’da qilib, shundan 10 mln so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Samarqand tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman ETK texnigi O.T. fuqaro T.V.ning xonadonida o‘rnatilgan elektr hisoblagich ro‘yxatdan o‘tmaganligi yuzasidan tuzilgan dalolatnomani hamda elektr ta’minotidan 6,1 mln so‘mlik qarzdorligini yo‘q qilib, yangi hisoblagich o‘rnatib berishi evaziga 5 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 214-moddasi (davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring