Indoneziya va Tailandda kuzatilgan suv toshqinlarida o‘zbekistonliklar jabrlanmagan – TIV
O‘zbekiston TIV janubi-sharqiy Osiyoda, jumladan – Indoneziya, Tailand va Shri-Lankada kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik hamda suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lganligi holati yuzasidan bayonot berdi.
«Ushbu xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik.
Marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. Jarohat olganlarning tez fursatda sog‘ayib ketishlarini tilaymiz.
O‘zbekiston Respublikasining tegishli diplomatik vakolatxonalari yuzaga kelgan favqulodda vaziyat bo‘yicha mahalliy hokimiyat organlari bilan doimiy aloqa o‘rnatgan», – deyiladi rasmiy bayonotda.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtga qadar halok bo‘lganlar, bedarak yo‘qolganlar yoki jarohat olganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Vaziyat TIV va xorijdagi tegishli vakolatxonalar tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Zarurat tug‘ilganda, yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolardan quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari so‘ralmoqda:
- O‘zbekistonning Indoneziyadagi Elchixonasi:
+62 811 10 67 73 29
embassyuzbekistan@gmail.com - O‘zbekistonning Pokistondagi Elchixonasi (Shri-Lankadagi fuqarolarimiz uchun):
+92 51 226 47 46
+92 3000 340 144 - O‘zbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulligi:
+66-2 675-3995
+66-2 675-3996


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter