Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Insoniyat uchun asosiy 4 tahdid: qay biri dahshatli?

Insoniyat uchun asosiy 4 tahdid: qay biri dahshatli?

Foto: «360tv.ru»

Kasalliklar tarqalishi, iqlim o‘zgarishi, yadroviy urush, asteroid qulashi... Britaniyalik olimlar insoniyat kelajagi uchun asosiy to‘rt tahdidni sanab o‘tishdi.

Ular tomonidan How Will The World End portalida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, asosiy to‘rtta xavf: epidemiya, yadroviy urush, tabiiy ofatlar va Yerga asteroid qulashida kuzatiladi.

Epidemiyalar orasida insoniyat uchun eng xavfli bu — sil kasalligi, deb topildi. Bu xastalikning hozirgi tempdagi tarqalish darajasi saqlanib qolsa, u 4812 yil ichida dunyo aholisini yo‘q qilishi mumkin.

Mutaxassislar yadroviy urush ehtimoli insoniyat uchun yana bir jiddiy xavf ekanini ma’lum qilishdi. Yadro qurollariga ega mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarga sovuqlik tushishi olimlar xavotirini oshirgan. Tahlillarga ko‘ra, hozirda insoniyatni butunlay yo‘q qilib yuborishga qodir qurollar zaminimizda to‘planib bo‘lgan.

Tabiiy ofatlar. Asosiy tahdid — global issiqlik. Hozirgi vaqtda uning darajasi saqlanib tursa (10 yilda 0,2 gradus) 2 136 yildan keyin global harorat 44 gradusga ko‘tariladi. Bu holda okean suvlari butun quruqlikni egallaydi.

Yer va asteriod bilan to‘qnashuv yuz berish ehtimoli kam, biroq NASA kelgusi 100 yilda Yer yoniga yaqinlashi mumkin bo‘lgan jismlarni kuzatib bormoqda. Xavfli asteroidlardan biri – Florence – uning diametri 3,9 kilometrgacha yetadi. Uning zarbasi zamindagi 1,2 milliard kishini yo‘q qilishi mumkin.   

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring