Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inspektorni pichoqlagan shaxs ushlandi

Inspektorni pichoqlagan shaxs ushlandi

Foto: «Xabar.uz»

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Toshkent viloyati boshqarmasi Bekobod shahar bo‘limi boshlig‘i, davlat inspektori xizmat vazifsini bajarayotganda pichoqlangani haqida xabar berilgandi.

Toshkent viloyat IIBB axborot xizmati gumondor protsessual tartibda ushlangani haqida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, holatga shaxslarning o‘zaro kelishmovchiliklari sabab bo‘lib, janjal vaqtida fuqaro o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan tanishi (M.F.)ga qasddan tan jarohati yetkazgan.

Bekobod shahar Ekologiya bo‘limi boshlig‘i 1987 y.t. M.F. ga nisbatan tan jarohati yetkazilgani yuzasidan 19 iyun kuni Bekobod tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan JKning 104-moddasi 2-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) «l» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring