Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Foto: Islom Karimovning ikki nabirasi bobosining qabrini ziyorat qildi

Foto: Islom Karimovning ikki nabirasi bobosining qabrini ziyorat qildi

Foto: Imon Karimova.

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning ikki nabirasi Imon va Mariyam bobosini qabrini ziyorat qildi.

Bu haqda ular  Instagram-sahifalarida ma’lum qilishgan.

«Men uchun bu sayohat katta ahamiyatga ega. Chunki, bir-ikki haftadan keyin bobomning tug‘ilgan kuni bo‘lishi kerak edi. Ilk bor uni ziyorat qilish va Imon bilan birga gul qo‘yish imkoniga ega bo‘lganimdan minnatdorman. Maqbarada uning quvvati va borligi juda kuchli seziladi»,—deya yozadi Imon Karimova o‘z postida.

Avvalroq, birinchi prezidentning ikki nabirasi sakkiz yil o‘tib ko‘rishgani xabar berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring