Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniyada dinozavr ichidan odam murdasi chiqdi

Ispaniyada dinozavr ichidan odam murdasi chiqdi

Foto: «BBC»

Ispaniyaning Barselona shahri atrofida yo‘qolgan odam dinozavr haykalining ichidan o‘lik holda topildi. Bu The Guardian xabar bermoqda.

Noxush hidni haykal yonida o‘g‘li bilan aylanib yurgan odam sezib qolgan. Ular favqulodda xizmatlarga qo‘ng‘iroq qilishdi. Buni qarangki, qurilma ichidan murda chiqqan.

Politsiya erkakning shaxsiga aniqlik kiritdi. Bu bir necha kun oldin g‘oyib bo‘lgan 39 yoshli mahalliy fuqaro ekan.

Huquqni muhofaza qilish organlari marhum haykalning ichiga smartfonini tushirib qo‘ygani, so‘ngra uni olaman deb orqasidan tushib, oyog‘i osmonda bo‘lib tiqilib qolganini taxmin qilmoqda. Bunday holatda u ikki kunni o‘tkazgan, keyin esa jon bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring