Isroilda o‘zbekistonliklar halok bo‘lgani rostmi? Rasmiy ma’lumot

Isroilda besh nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. O‘zbekiston Respublikasining Isroildagi elchixonasi murojaatida bu xabarga izoh berib o‘tilgan.
«So‘nggi kunlarda O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Isroil-Xamas qarama-qarshiligini yoritish jarayonida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lganligi haqida ma’lumotlar chop etilmokda.
Ma’lum qilamizki, Isroil Tashqi ishlar vazirligi va politsiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakat janubida ro‘y bergan hujum vaqtida O‘zbekistonda tug‘ilgan va 90-yillarda repatriatsiya dasturiga muvofiq Isroilga ko‘chib kelgan 5 (besh) nafar kishi halok bo‘lgan.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ular amaldagi O‘zbekiston fukarolik pasportlariga ega emas» deyiladi elchixona ma’lumotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter