Istambul-Toshkent samolyotining qo‘nishi chog‘ida tormoz ishlamay qoldi

Bugun, 2 avgust kuni tonggi soat 05:10da Istambul-Toshkent muntazam qatnovi bo‘yicha uchib kelayotgan «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining Boeing 767 samolyoti poytaxt ayeroportiga qo‘nish jarayonida tormoz berish tizimidagi nosozlik tufayli shassi g‘ildiraklari qizib, shinalarga qisman shikast yetdi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Nosozlik natijasida qo‘nish shtat rejimida amalga oshirilgan. Kompaniya tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
«Milliy aviakompaniya yo‘lovchilardan yetkazilgan noqulayliklar uchun uzur so‘raydi»,- deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter