Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janjalda uch xonadonda yong‘in chiqqan. Bosh vazir bu uylar qisqa muddatda tiklab berilishini aytdi

Janjalda uch xonadonda yong‘in chiqqan. Bosh vazir bu uylar qisqa muddatda tiklab berilishini aytdi

Foto: So‘x tumani hokimligi

Bugun O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov ikki tomonlama hamkorlik va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashgani haqida xabar bergandik.

So‘x tumani hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ikki mamlakat vakillari voqea sodir bӯlgan joyga ham tashrif buyurishgan.

Foto: So‘x tumani hokimligi

Janjal natijasida Ӯzbekiston Respublikasi hududidagi uchta xonadonda yong‘in kelib chiqqan.

– Zarar kӯrgan oilalar xonadonlarini qisqa muddatda tiklab beramiz – dedi Abdulla Aripov.  – Chashma bulog‘i bu mӯ’jiza, insonlarga Yaratgan Egam tomonidan berilgan ne’mat. Shuning uchun, bu muqaddas chashmadan ham bizning fuqarolar, ham qӯshni respublika fuqarolari birdek foydalanishadi.

Foto: So‘x tumani hokimligi

Kelishuvga binoan, chashma bulog‘ining atrofi panjara bilan ihotalanib, uning hududida zamonaviy dam olish maskani barpo etiladigan bӯldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring