Jizzax viloyati IIB ayanchli YTH tafsilotlarini ochiqladi

Ijtimoiy tarmoqda Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida yuz bergan YTH tasvirlari tarqaldi. Viloyat IIB hodisa yuzasidan bayonot berdi.
Darhaqiqat, joriy yil 30 iyun kuni J.K. boshqaruvidagi «Chacman» B.G‘ boshqaruvidagi «Epika»ning orqasidan urilgan.
Oqibatda «Epika» yo‘lovchisi Q.T. voqea joyida vafot etgan. Xuddi shunday mazkur avtoulov ichida bo‘lgan M.A. shifoxonaga yotqizilgan va u ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Bundan tashqari ushbu yo‘l-ulov hodisasi natijasida Toshkent shahri, Jizzax, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi shaxslar boshqaruvidagi «Lacetti», «Sinotruk», «Howo», «Cobalt», «Nexia-3» to‘qnashgan. Oqibatda mazkur avtoulovlarga turli darajada texnik shikast yetgan. Ushbu avtomashinalarda bo‘lgan haydovchi va yo‘lovchilar jabrlanmagan. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, ayni paytda Jizzax shahrini G‘allaorol tumani va boshqa viloyatlar bilan bog‘lovchi Uchtepa – Jizzax 4R-38 yo‘lining 34-35 kilometrlari oralig‘ida Sangzor daryosi ustidagi ko‘prik ta’mirlanayapti.
Shuningdek, mazkur yo‘lning 33- kilometrida yo‘l o‘tkazgich qurilayotir. Mazkur jihat 4R-38 yo‘lida avtotarnsport vositalari harakatining cheklanishiga sabab bo‘ldi. Bu esa Toshkent – Termiz M-39 yo‘lining 981 va 1012- kilometrlari oralig‘ida avtoulovlar harakatining sezilarli darajada ortishiga olib kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter