Jizzaxda 3 ming komplekt koronavirus testlarini hujjatsiz sotayotgan shaxs ushlandi
Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida yashovchi shaxs koronavirusni aniqlovchi test hamda boshqa tibbiyot buyumlarini hujjatlarsiz sotayotgan vaqtida ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Departamentning Do‘stlik tuman bo‘limi va Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda tibbiy buyumlarni dorixona va ularning filiallaridan tashqarisida muomalaga kiritib, hech qanday hujjatlarsiz sotilayotgani aniqlangan. U tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan.
«Fuqaro D.R. umumiy qiymati 171,9 mln so‘mlik, 3 ming komplekt COVID-19’ni aniqlovchi testlar, pulsoksimetr, maxsus tibbiyot kislorod maskasi va boshqa buyumlarni tuman hududidan o‘tuvchi M-39 magistral yo‘li bo‘yida sotayotgan vaqtida ushlangan», deyiladi xabarda.
Unga nisbatan JKning 186-3-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tergov olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter