Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda bedarak yo‘qolgan bolaning jasadi topildi

Jizzaxda bedarak yo‘qolgan bolaning jasadi topildi

Jizzax viloyati Baxmal tumanida bedarak yo‘qolgan olti yoshli bolaning kanaldan jasadi topildi. Bu haqda «Millar» dasturida xabar berildi

Qayd etilishicha, 3 may kuni Jizzax viloyati Baxmal tumani Navro‘z qishlog‘ida yashovchi 6 yoshli bola yo‘qolgan. Uning oila a’zolari oradan ikki kun o‘tgach bola jasadini kanaldan topishgan. Bolakayning otasi farzandining o‘limi sababidan shubhalanayotganini qayd etgan. 

«5 may kuni soat 14:10 da o‘g‘limning jasadini suvdan topdik. Tanasini ko‘rganimda u 40 soat suvda qolib ketganga o‘xshamadi. O‘limining sababi suvda cho‘kish, deyilyapti. O‘zi cho‘kkanmi yoki cho‘ktirilganmi, bu noma’lum. U yashash uyimizdan ikki kilometr uzoqlikda topilgan. Ustida kiyimi bor edi. Lekin topganimizda futbolkasi yo‘q edi. Tanasida ortiqcha shilinish-tirnalishlar yo‘q. Yo‘qolgan payt ko‘chada odam gavjum bo‘lgan. Lekin uni suv bo‘yiga borganini ko‘rgan odam yo‘q. Tegishli tashkilotlar nazoratini yanada kuchaytirishini so‘rayman», — deydi bolaning otasi.

Hozirda viloyat prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring