Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda kuchukni tiriklay yoqqan xitoylik yurtiga qaytariladi

Jizzaxda kuchukni tiriklay yoqqan xitoylik yurtiga qaytariladi

Foto: Ekologuz

Jizzaxda joylashgan «HUAXIN CEMENT JIZZAKH» XK Bosh direktori Yao Bingjun rasmiy murojaat yo‘lladi.

«Hurmatli O‘zbekiston xalqi, 2022-yil 3-iyul kuni korxonamiz xodimi tomonidan jonzotga nisbatan shafqatsiz munosabatini keskin qoralagan holda kompaniya va shu korxonada mehnat qilayotgan boshqa xorijlik xodimlar nomidan uzr so‘rayman!

Mazkur xodimga nisbatan korxonamiz mehnat shartnomasini bekor qilish intizomiy jazosi qo‘llanilib, tez kunlarda yurtiga qaytariladi. Qonun doirasida esa sud idoralari chora ko‘riladi.

Mazkur shaxsning nojuya harakati sababli O‘zbekistonda ezgu ishlarni amalga oshirib kelayotgan korxonamizga nisbatan O‘zbekiston xalqida salbiy fikr yuzaga kelganidan chuqur afsusdamiz!», deyiladi murojaatda. 

Eslatib o‘tamiz, 5-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxdagi zavodda kuchuk tiriklay yoqilgani tasvirlari tarqalgandi. Surishtiruvlar natijasida bu ishni sodir etgan shaxs xitoylik bo‘lib chiqdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring