Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda paxta g‘arami yondi (foto)

Jizzaxda paxta g‘arami yondi (foto)

Foto: Jizzax viloyati FVB matbuot xizmati

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi paxta qabul qilish punktida yong‘in yuz berdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, 12-oktyabr kuni soat 18:13 da Jizzax viloyati FVB Navbatchilik qismiga Sharof Rashidov tumani «Uchtepa» MFY hududida joylashgan «Jizzax Instural To‘qima» MChJga qarashli paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 18:20 da yetib borib, yong‘in 18:24 da o‘rab olinib, 18:50 da o‘chirilgan. Yong‘in natijasida 1 ta 14-sonli g‘aramning ustki qismi to‘liq va 15-sonli g‘aramning ustidagi «Sulton» navli paxta tolalari yongan.

«Yong‘in oqibatida 35-40 kilogramm paxta tolalari yonib zararlangan. Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.

Biroq, ikki katta g‘aramda 35-40 kilogramm paxta tolasi yongani haqidagi fakt, fotolardagi holatga qaralganda, biroz shubha uyg‘otadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring