Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda qiyin vaziyatda qolganlarga yordam berildi

Jizzaxda qiyin vaziyatda qolganlarga yordam berildi

Foto: FVV

Noqulay ob-havo, qor, yo‘llardagi muzlama haydovchilarga noqulaylik tug‘dirmoqda, deyiladi FVV xabarida.

FVV Jizzax viloyati boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan Do‘stlik, Baxmal tumanlari va Jizzax shahrida qorga tiqilib qolgan avtomobillar chiqarib olinib, 14 nafar haydovchi va yo‘lovchilarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilgan.

«Yo‘llar muzlash oqibatida sirpanchiqlar yuzaga kelishi, tuman tushishi va ko‘rinish darajasining yomonlashuvi ehtimoli saqlanib qolmoqda. Shu munosabat bilan haydovchi va yo‘lovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring