Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxdagi xonadonlarda qulflanib qolgan ikki bolakay qutqarildi

Jizzaxdagi xonadonlarda qulflanib qolgan ikki bolakay qutqarildi

Foto: FVV.

Jizzax shahrida 30-yanvar kuni uyda qulflanib qolgan bolalar qutqarib qolindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, shu kuni Jizzax viloyati FVBga ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarda qulflanib qolgan bolalar to‘g‘risida 2 ta murojaat kelib tushgan. Jumladan, soat 11:21 da Jizzax shahar «Zilol» mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uyning 7-qavatida 3 yoshli qizcha va soat 11:50 da «Kimyogar» mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uyning 3-qavatida ikki nafar bola qulflanib qolgan.

Qutqaruvchilar dastlabki manzilda maxsus asbob-anjomlar yordamida qulflanib qolgan eshikni ochib, qizchani qutqargan. Keyingi manzilga borilganda qutqaruvchilar xonadon derazasi ochiqligini aniqlagan va maxsus arqon yordamida alpinistik harakatlarni amalga oshirib, uy ichida qolgan 2 nafar bolani onasiga sog‘-salomat topshirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring