Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxdagi YHTda qancha yangi avtomobil shikastlangani ma’lum qilindi

Jizzaxdagi YHTda qancha yangi avtomobil shikastlangani ma’lum qilindi

Bugun, 8 iyun kuni M-39 avtomobil yo‘lining Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi qismida to‘rtta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgani xabar qilingandi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, MAN yuk avtomobilida kuzatilgan  texnik nosozliklar tufayli Shacman samosvaliga, so‘ng Chevrolet Cobalt va Equinox avtomobillarini Surxondaryo viloyatidagi dilerlik markaziga olib ketayotgan avtotreylerga borib urilgan.

UZAUTO MOTORS xabar berishicha, yuz bergan YTH natijasida avtotreylerga ortilgan 4 dona Chevrolet Cobalt va 3 dona Equinox avtomobillari texnik shikastlangan.

Ayni paytda, Jizzax viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring