Jizzaxga kelgan dahshatli sel oqibatlari (foto)

Kuni kecha Jizzax viloyatining ayrim hududlarida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida sel kelishi kuzatilgandi.
Hodisa oqibatlari suratlari keng ommaga taqdim etildi.
Ushbu tasvirlardan ko‘rish mumkinki, sel aholi yashash manzillariga yaxshigina zarar yetkazgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu voqealarga anomal yog‘ingarchilik sabab bo‘lgan. Meteorologlar ma’lumotiga ko‘ra, birgina G‘allaorol tumaniga ikki soatda 31.5 mm atrofida yog‘in tushgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Forish tumanida to‘rt nafar fuqaro halok bo‘lganini ham tasdiqladi.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter