Jomboydagi YTHda tug‘uruqxonadan uyiga olib ketilayotgan chaqaloq ham vafot etdi

Joriy yilning 18-oktyabr kuni Jomboy tumanidagi 4K-502 Shirinkent-G‘azira avtomobil yo‘lining 10 kilometrida o‘lim bilan bog‘liq Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, «Spark» avtomashinasi haydovchisi N.N. yo‘lning qarama-qarshi qismiga o‘tib ketishi natijasida «Nexia» avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Natijada «Spark» avtomobili haydovchisi hamda «Nexia» avtomashinasida bo‘lgan uch kunlik chaqaloq halok bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter